"Borussiya Dortmund" o'z maydonida "Freyburg"ni 4:0 hisobida tor-mor keltirdi. Hisob 8-daqiqada Maksimilian Bayer tomonidan ochildi. Oradan ko'p o'tmay Seru Girassi farqni oshirdi. 32-daqiqada Rami Bensebaini gol urdi, bahsga esa Fabio Silva yakuniy nuqtani qo'ydi.
Mazkur g'alabadan so'ng dortmundliklar 67 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. "Freyburg" esa 43 ochko bilan 8-pog'onada qolmoqda.
Yana bir bahsda "Shtutgart" o'z maydonida "Verder" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mehmonlar hisobni birinchi bo'lib ochdi — Yens Stage gol urdi. 61-daqiqada Ermedin Demirovich mezbonlarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ushbu natijadan so'ng "Shtutgart" 57 ochko bilan 4-o'ringa ko'tarildi. "Verder" esa 32 ochko bilan 12-pog'onada joylashgan.
Bundesliga. 31-tur
26 aprel
Borussiya D – Freyburg 4:0
Gollar: Bayer 8 (1:0), Girassi 14 (2:0), Bensebaini 32 (3:0), Fabio Silva (4:0).
Borussiya D: Kobel, Anton, Shlotterbek, Bensebaini, Reerson, Zabitser, Bellinghem (Albert, 88), Bayer (O'zjan, 88), Brandt (Chukvuemeka, 83), Inasio (Svensson, 74), Girassi (Fabio Silva, 84).
Freyburg: Atubolu, Kyubler, Ogbus, Linxart (Yung, 75), Gyunter, Eggeshtayn, Xyofler (Tarnutzer, 84), Sherxant (Ire, 75), Xyoler, Grifo (Filipp, 67), Matanovich (Beste, 67).
Shtutgart – Verder 1:1
Gollar: Stage (0:1), Demirovich 61 (1:1).
Shtutgart: Nyubel, Assinyon (Fyurix, 57), Jake, Zagadou (Hendriks, 46), Mittelshteydt, Andres (Nartey, 89), Shtiller, Tomash (Demirovich, 57), El-Xannus, Leveling (Buanani, 78), Undav.
Verder: Baxhaus, Piper, Shtark (Veber, 65), Kulibali, Sugavara, Puertas, Linen, Deman, Stage (Mbanga, 83), Shmid (Musa, 90), Miloshevich (Ndjinma, 65).