Italiya chempionatining 18-turida 3 o‘yinlik g‘alabali seriya qayd etayotgan «Yuventus» o‘z uyida «Lechche»ni qabul qilib, durang qayd etdi. Turinliklar irodali g‘alabaga erishishi ham mumkin edi, ammo Devid penaltidan foydalana olmadi.
Spalletti jamoasi ochkolarini 33 taga yetkazib, 5-o‘rinda qoldi. «Lechche» esa 17 ochko bilan 16-pog'onada.
A Seriya. 18-tur
Yuventus — Lechche 1:1
3 yanvar, «Alyans Stadion»
Gollar: Makkanni (49) — Banda (45+2).
Foydalanilmagan penalti: Devid (66).
Yuventus — Di Gregorio, Kalulu, Bremer, Kelli, Devid, Yildiz, Kambiyaso (Kostich, 69), Konseysau (Jegrova, 46), Lokatelli (Openda, 77), Makkanni (Ajich, 83), Tyuram (Kopmeyners, 69).
Lechche — Falkone, Kamarda (Stulich, 68), Pierotti (Ndaba, 68), Gabriel, Banda (Helgason, 81), Gallo, Gashpar, Kaba, Maleh, Peres (Veiga, 32), Ramadani.
Ogohlantirishlar: Maleh (61), Veiga (70).