Italiya chempionatining 18-turida 3 o'yinlik g'alabali seriya qayd etayotgan "Yuventus" o'z uyida "Lechche"ni sinovdan o'tkazadi.
Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadigan va FutbolTV orqali efirga uzatiladigan bahs uchun tarkiblar e'lon qilindi.
Turin klubi 32 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi va agar g'alaba qozonsa, 3-pog'onaga ko'tariladi. "Lechche" esa 16 ochko bilan 16-o'rinda.
A Seriya. 18-tur
Yuventus — Lechche
3 yanvar, "Alyans Stedium"
Yuventus — Di Gregorio, Kalulu, Bremer, Kelli, Devid, Yildiz, Kambiyaso, Konseysau, Lokatelli, Makkkenni, Tyuram.
Lechche — Falkone, Kamarda, Pierotti, Gabriel, Banda, Gallo, Gashpar, Kaba, Maleh, Peres, Ramadani.