Italiya chempionati 6-turida "Napoli" oʻz maydonida "Jenoa" ustidan irodali gʻalabaga erishdi. Ekatorning goliga Angissa va Hoylund javob berishdi.
Amaldagi chempion ochkolarini 15 taga yetkazib, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra "Roma"ni ortda qoldirgan holda 1-oʻringa koʻtarildi. Vieyra jamoasi 2 ochko bilan 19-pogʻonada qoldi.
A Seriya. 6-tur
Napoli — Jenoa 2:1
5 oktabr, Maradona nomidagi stadion
Gollar: Angissa (57), Hoylund (73) — Ekator (34).
Napoli — Milinkovich-Savich, Di Lorenzo, Bekema, Jezuz, Olivera (Spinazzola, 50), Lobotka (Gilur, 44), Politano (De Bruyne, 50), Angissa, Maktominay, Neres (Gutiérrez, 82), Hoylund (Lukka, 82).
Jenoa — Leali, Norton-Kaffi, Markandalli (Otoa, 46), Vaskes, Sabelli (Karboni, 76), Mazini, Frendrup, Ellertsson, Mashinovskiy (Torsbi, 61), Vitinya (Kolombo, 76), Ekator (Ekuban, 61).
Ogohlantirishlar: Markandalli (28), Malinovskiy (38), Neres (55), Otoa (63).