Yevropa Chempionlar ligasi yarimfinal javob o‘yinlari start oldi. "Arsenal" Londonda "Atletiko"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinidagi yagona gol 44-daqiqada Bukayo Saka hisobiga yozildi. Natijada Mikel Arteta jamoasi ikkinchi o‘yinga ko‘ra, finalning dastlabki ishtirokchisiga aylandi.
"Arsenal" 20 yillik tanaffusdan so‘ng turnirning finaliga chiqdi. Ular so‘nggi bor 2006 yilda hal qiluvchi o‘yinda qatnashgan va "Barselona"ga yutqazib qo‘ygandi.
YChL. Yarimfinal
Arsenal – Atletiko 1:0
Gol: Saka 44
Arsenal – Rayya, Uayt, Saliba, Gabriel, Kalafiori (Inakpie, 58), Lyuis-Skelli (Subimendi, 74), Rays. Eze (Edegor, 59), Saka (Madueke, 58), Trossar (Martinelli, 83), Gokeresh.
Atletiko – Oblak, Pubil, Le Norman (Syorlot, 57), Hansko, Rujjeri, Simeone (Kardoso, 57), Koke, Liorente, Lukman (Molina, 57), Grizmann (Baena, 66), Alvares (Almada, 66).
Birinchi o‘yin: 1:1