Live
1
O'zbek

Superkompyuter JCH-2026 ochilish o‘yinida Meksikani favorit deb baholadi

Futbol
11 iyun, 07:00
Opta hisob-kitoblariga ko‘ra, mezbonlarning g‘alaba qozonish ehtimoli 66 foizdan yuqori.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Superkompyuter JCH-2026 ochilish o‘yinida Meksikani favorit deb baholadi
Foto: Getty Images
11.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Meksika Meksika 2 : 0 JAR JAR 2

Bugun, 11 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati rasman start oladi. Turnirning ochilish bahsida Meksika milliy jamoasi Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.

Opta statistik platformasining superkompyuteri ushbu uchrashuv uchun o‘z prognozini e’lon qildi.

Sun’iy intellekt hisob-kitoblariga ko‘ra, Meksika milliy jamoasining asosiy vaqtda g‘alaba qozonish ehtimoli 66,3 foizni tashkil etadi.

Janubiy Afrika Respublikasining g‘alabasi 14,3 foiz ehtimol bilan baholangan bo‘lsa, durang natija qayd etilish ehtimoli 19,3 foizga teng.

Eslatib o‘tamiz, bahs Mexiko shahridagi afsonaviy «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu mundialning ilk o‘yini va birinchi kunidagi yagona uchrashuv hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Meksika va JAR o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
  • JAR JAR
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar