"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 2-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga (3:2) qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun futbol ko'rganimga ishonchim komil emas. Standartlardan standartlarga, uzun paslar ortidan o'ynaldi. O'yindan oldin aytgan taktikalarim uncha muhim emasdi.
Lekin menga o'zimizni ushlab turishimiz yoqdi. Birinchi yarim soat, 45 daqiqa juda og'ir o'tdi, ammo jamoa buzilmadi. Nazoratni ushlab turdik.
Raqib 10 kishi bilan qolganda, bu biz uchun katta plyus bo'lishini kutgandik. Ammo har bir standartni darvozabon ijro etsa, unda raqamli ustunlik uncha yordam bermaydi. Shu bois 2:0 hisobini ushlab turish biz uchun juda qiyin bo'ldi.
16 yoshli futbolchi uchun ajoyib gol. Rio o'z yoshi uchun epizodni yaxshi yakunladi. Kiyinish xonasida kimdir unga avvalo to'pni to'xtatib olishi kerakligini aytdi, lekin u o'ziga juda ishongan. Yoshi bo'yicha qarasak, u hujumlarni yaxshi yakunlaydi", — deya niderlandiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Ma'lumot uchun, Ngumoha Premer-ligada 16 yoshida g'alaba golini urg'an ikkinchi futbolchiga aylandi.