«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri Madridning «Real» klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres esa ispaniyalik futbolchining transferini imkon qadar tezroq yakunlash tarafdori.
Ma’lumot uchun, Rodri 2025/26 yilgi mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. U Ispaniya milliy jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum «Real» birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmadi. Madrid klubi La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi, Ispaniya kubogida 1/8 final, UEFA Chempionlar ligasida esa chorak finalgacha yetib bordi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi