Bugun
6
O'zbek

"Qoʻqon-1912" – "Nasaf" bahsida qarshiliklar zarariga penalti belgilagan Lutfullin 1-davra yakunigacha chetlashtirildi

Futbol
20 aprel, 10:15
VAR hakamiga ham shunday jazo berildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Qoʻqon-1912" – "Nasaf" bahsida qarshiliklar zarariga penalti belgilagan Lutfullin 1-davra yakunigacha chetlashtirildi
Foto: FC Nasaf

Hakamlar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi O'ZFHM.

"Yig'ilish davomida hakamlikni rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Superliga va Proliga uchrashuvlari davomida hakamlar faoliyati bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala:

Hakamlikni rivojlantirish yo'nalishida O'ZFHM tasarrufida tashkil etilgan Hakamlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, nazariy va amaliy mashg'ulotlarni sifatli tashkil etish, yosh hakamlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularning o'z ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash, respublika musobaqalari davomida mahorat va tajriba orttirishlariga ko'maklashish, shuningdek, chet tillarni o'rganishga alohida e'tibor qaratish masalalari qayd etildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala:

Superliga uchrashuvlari davomida ayrim hakamlar tomonidan yo'l qo'yilgan xatoliklar tahlil qilindi.

Xususan, Superliga 5-turi doirasidagi “Surxon” – “Buxoro” uchrashuvi bosh hakami Firdavs Norsafarov oʻyin qoidalarini bir xil mezonda qoʻllamaganligi, 6-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvi bosh hakami Nayim Qosimov tomonidan “Andijon” jamoasi bosh murabbiyiga nisbatan yetarli darajada qatʼiy choralar koʻrilmagani, shuningdek, 6-turda “Qoʻqon-1912” – “Nasaf” uchrashuvida bosh hakam tomonidan qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻyilgani qayd etildi.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra, aniqlangan kamchiliklar uchun Nayim Qosimov va Firdavs Norsafarov ogohlantirildi.

"Qoʻqon-1912" – "Nasaf" bahsini boshqarib borgan bosh hakam Rustam Lutfullin hamda VAR hakami Ibrohim Ismoilov yo'l qo'ygan xatolari uchun Superliga, Proliga va O'zbekiston kubogi bahslaridan birinchi davra yakunigacha chetlashtirildi. Shuningdek, har ikki hakam Birinchi ligaga tushirildi", — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar