Superliga 6-turi doirasida oʻtkazilgan “Qoʻqon-1912” — “Nasaf” (1:1) bellashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyat boʻyicha Ekspert hakamlar guruhi oʻz xulosasini bildirdi.
«O‘yinning 78-daqiqasida bosh hakam tomonidan «Nasaf» jamoasi darvozasi tomon penalti belgilangandi. Ushbu epizod Ekspert hakamlar guruhi tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.
Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, bosh hakam Rustam Lutfullin tomonidan penalti belgilash qarori xato deb topildi.
Shuningdek, VAR hakami tomonidan ushbu vaziyatda to‘g‘ri aralashuv amalga oshirilmagani, ya’ni hakamni monitorga chaqirishda xatoga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi», — deyiladi O‘ZFHM xabarida.