Oʻzbekiston milliy jamoasining Kanadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun asosiy tarkibi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Abduqodir Husonov va Eldor Shomurodov kabi yetakchilar asosiy tarkibdan joy olgan. Oʻtkir Yusupov, Xoʻjiakbar Alijonov va Abbos Fayzullayev singari futbolchilar esa zaxirada qoldirildi.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu bahs Kanadaning Edmonton shahridagi «Commonwealth» stadionida boʻlib oʻtadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 06:00 da start oladi.
Kanada — 16. Maksyme Cherepau, 2. Alistair Johnston, 7. Stephen Eustachio, 8. Ismael Kone, 9. Cyle Larin, 10. Jonathan David, 11. Liam Millar, 13. Derek Cornelius, 15. Moise Bombito, 17. Tajon Buchanan, 22. Richie Laryea.
Oʻzbekiston — 12. Abduvohid Neʼmatov, 2. Abduqodir Husonov, 4. Farrux Sayfiev, 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 11. Oston Oʻrunov, 13. Sherzod Nasrullaev, 14. Eldor Shomurodov, 18. Abdulla Abdullaev, 19. Aziz Gʻaniyev.

Foto: OʻFA

Foto: CANMNT