Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Maykl Olise jahon chempionatining oxirgi uch o‘yinida samarali harakatlar amalga oshira olganicha yo‘q.
JCH-2026 yarimfinalida Fransiya Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:2).
Olise bahsin asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada zaxiraga olindi.
Bunegacha Olise 1/4 finalda Marokashga qarshi (2:0) va 1/8 finalda (1:0) Paragvay milliy jamoasiga qarshi samarali harakatlar qayd etmagandi. Qizig‘i, «Bavariya» xavbeki 5 ta golli uzatma bilan musobaqaning eng yaxshi assistenti hisoblanadi.
Ta’kidlab o‘tamiz, Olise 2025/2026-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, 32 o‘yindagi 19 ta golli uzatmasi bilan Bundesliganing ham eng yaxshi asisstenti bo‘lgan va Germaniya chempionatida yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi.
Mundial finalida Ispaniya Angliya yoki Argentinaga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi