OKMK klubi Superliganing 14-turida autsayder – "Mash'al"ni qabul qildi. Qiyin o'tgan bellashuvda mezbonlar iroda ko'rsatishdi va 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bahs yakunida matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yinga keladigan bo'lsak, muhimi uch ochkoga ega bo'ldik. Bu quvonarli tarafi. Ammo yigitlarga bu o'yin juda og'ir kechishini ta'kidlab o'tgandim. Sababi raqibni "Qo'qon-1912" va "Nasaf"ga qarshi o'yinlarini futbolchilar ham ko'rishdi. Tartibli, himoyaviy o'yin va qarshi hujumdan foydalanib, aynan qarshi hujumga chiqishlarini bilardik. Shu sababli yigitlarga sabr, sabr va shoshilmaslikni uqtirdik. Biroq birinchi bo'limda aytgan gaplarimni oxirigacha yetkaza olmadim, shekilli. Chunki ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Qolaversa, birgina xatoimizdan "Mash'al" jamoasi yaxshi foydalanib ketdi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni yanada kuchaytirib, ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq golga aylantira olmadik. Oxir-oqibat standartdan mehnatimiz samara berdi. Juda qiyin o'yin. Oldingi uchrashuvlarimizga nisbatan ikki barobar og'ir bo'lishini ta'kidlagandim. Intizomli, tartibli himoyalangan jamoani yorib o'tish nihoyatda qiyin. Eng kerakligi muxlislarimiz oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. G'alaba bilan tabriklayman.
- Uchrashuvda futbolchilaringiz orasida o'yinidan umuman ko'nglingiz to'lmaganlari bo'ldimi?
- Unaqa deya olmayman. Nimaga-ki, har bir o'yinchi maydonga g'alabani xohlab tushgandi. Shoshqaloqlik sababli ayrim xatolarga yo'l qo'yishdi. Yutsa jamoa yutadi, yutqazsa murabbiy yutqazadi, deyishadi-ku. Bu o'yinda sabr yetishmadi. Lekin maydonga tushgan har bir o'yinchi jonini berib, g'alabaga o'z hissasini qo'shishdi.
- Hakamni o'yinni boshqaruvidan ko'nglingiz to'ldimi?
- Bu savol menga emas. Ularni nazorat qiladigan qo'mitasi bor. O'zlari baho berishadi. Men uchun biz o'zimizni o'yinimizni qilishimiz kerak", - deya Mirjalol Qo'shoqovichning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Mirjalol Qosimov: "Oldingi uchrashuvlarimizga nisbatan ikki barobar og'ir bo'lishini ta'kidlagandim"
Eksklyuziv
28 iyul, 01:49
OKMK ustozi "Mash'al"ga qarshi bahsdan so'ng fikrlarini bildirdi.
Фото: ОКМК
27.07.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
ОКМК
2
:
1
Mashal