Live
4
O'zbek

«Milan» va «Leyptsig» Nkunku transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Futbol
23 avgust, 07:48
Klublar Kristofer Nkunkuni sotib olish huquqi bilan ijaraga berish bo‘yicha kelishib oldi.
«Milan» va «Leyptsig» Nkunku transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Milan» hujumchisi Kristofer Nkunku «Leyptsig»ga qaytadi. Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, klublar 28 yoshli fransiyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga berish borasida og‘zaki kelishuvga erishgan.

Tomonlar transferni yaqin 2–3 kun ichida rasman yakunlashni rejalashtirmoqda. Avvalroq futbolchini ijara muddati yakunida 35 million yevroga sotib olish huquqi ko‘zda tutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Nkunku 2019–2023 yillarda «Leyptsig» safida to‘p tepgan. Keyinchalik «Chelsi»ga o‘tgan hujumchi 2025 yil avgustida 37 million yevro evaziga «Milan» futbolchisiga aylangan.

Fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsum A Seriyada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning gollaridan 5 tasi penaltidan kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nkunku «Leyptsig» safida 2019–2023 yillarda 172 ta uchrashuvda 70 ta gol va 56 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar