Fransiyalik Kilian Mbappe jahon chempionati hal qiluvchi o‘yinida ishtirok etmaydi - Fransiya milliy jamoasi ispanlarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va final yo‘llanmasidan mosuvo bo‘ldi.
Shunday qilib, Madridning «Real» klubi hujumchisi qatorasiga uchinchi mundial finalida o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Tarixda faqatgina bir futbolchi - 2008-yilda faoliyatini yakunlagan braziliyalik Kafu shu kabi natijaga erisha olgan. U 1994, 1998 va 2002-yildagi jahon chempionatlari final bahsida maydonga tushgan - ulardan ikkitasida Braziliya milliy jamoasi chempion bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan mundial finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi