Fransiya chempionati 32-turida "PSJ" klubi o'z maydonida "Loryan"ni qabul qildi. Bellashuv 2:2 hisobida yakuniga yetdi.
Dastlab Mbaye hisobni ochdi. Keyinchalik Pažji muvozanatni tikladi. 62-daqiqada Zair-Emeri parijliklarni yana oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada esa Tosin jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qoldi.
Shu tariqa, "PSJ" Fransiya chempionatida 31 o'yinda 70 ochko to'plagan holda birinchi o'rinda bormoqda. "Loryan" esa 42 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
Fransiya chempionati. 32-tur
PSJ – Loryan 2:2
Gollar: Mbaye 6, Zair-Emeri 62 – Paži 12, Tosin 78.
PSJ: Marin, Beraldo, Pacho, Ernandez, Mayulu, Ruis (Zair-Emeri, 61), Fernandes, Li Kan In, Barkola, Mbai (Nevesh, 62), Due (Mungenge, 75).