Bugun
15
O'zbek

La Liga. Levante — Real 1:4 (videosharh)

Futbol
23 sentabr, 17:30
Mbappe dublni, Vinisius gol va assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Mastantuono debyut toʻpini kiritdi.
La Liga. Levante — Real 1:4 (videosharh)
Foto: Real Madrid
23.09.2025 FT Ispaniya La Ligasi Levante Levante 1 : 4 Real Madrid Real Madrid

Ispaniya chempionatida hafta oʻrtasida 6-tur oʻyinlari oʻtkazilmoqda.

Peshqadam "Real" Valensiyada "Levante" bilan bahs yuritib, yirik hisobda gʻalaba qozondi.

Mbappe dublni, Vinisius gol va assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Mastantuono debyut toʻpini kiritdi.

Xabi Alonso jamoasi 100 foizlik koʻrsatkich qayd etmoqda va 18 ochko bilan yakkapeshqadam boʻlib turibdi. "Levante" 4 ochko bilan 16-pogʻonada qoldi.

Turning yana bir bahsida "Vilyarreal" (13) mehmonda "Sevilya"dan (7, 10-oʻrin) ustun kelib, 3-oʻringa koʻtarildi.

La Liga. 6-tur. 23 sentyabr
Levante — Real 1:4
Gollar: Eyon (54) — Vinisius (28), Mastantuono (38), Mbappe (64 penalti, 66).
Levante — Rayan, Tolyen, Dela, Elgezabal, Pampin, Alvares (Morales, 74), Rey, Vensedor (Arriaga, 65), Olasagasti (Brugi, 65), Etta Eyon (Losada, 74), Romero (Koyalipu, 74).
Real — Kurtoa, Asensio, Heysen, Karreras (Alaba, 82), Fran Garsiya, Valverde (Bellingem, 71), Sebalos (Kamavinga, 82), Guler, Mastantuono (Chuameni, 74), Vinisius, Mbappe (Rodrigo, 82).
Ogohlantirishlar: Karreras (54), Elgezabal (58).

Sevilya — Vilyarreal 1:2
Gollar: Sou (51) — Oluvaseyi (17), Solomon (86).

Oʻyindagi gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling:

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Levante Levante
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar