Bugun
15
O'zbek

La Liga. "Real"ning "Levante"ga qarshi o'yinga tarkibi ma'lum

Futbol
23 sentabr, 14:29
Alonso himoya va yarimhimoyada kichik rotatsiya amalga oshirdi.
La Liga. "Real"ning "Levante"ga qarshi o'yinga tarkibi ma'lum
Foto: Real Madrid
23.09.2025 FT Ispaniya La Ligasi Levante Levante 1 : 4 Real Madrid Real Madrid

Ispaniya chempionatida hafta o'rtasida 6-tur o'yinlari o'tkazilmoqda.

Peshqadam "Real" Valensiyada "Levante" bilan bahs yuritadi.

Toshkent vaqti bilan 24 sentyabrga o'tganda — soat 00:30da boshlanadigan bellashuv uchun asosiy tarkiblar e'lon qilindi. O'yin SportTV va Zo'rTV telekanallari orqali efirga uzatiladi.

Xabi Alonso jamoasi 15 ochko to'plab, hozircha yo'qotishsiz bormoqda. Segunda'dan qaytgan "Levante" (16-o'rin) esa o'tgan 5 ta turda 4 ochko to'plagan.

La Liga. 6-tur
Levante — Real
23 sentyabr, "Syuidad de Valensiya"
Levante — Rayan, Tolyan, Dela, Elgezabal, Pampin, Alvares, Rey, Vensedor, Olasagasti, Etta Eyong, Romero.
Real — Kurtoa, Asensio, Heysen, Karreras, Fran Garsiya, Valverde, Sebalos, Guler, Mastantuono, Vinisius, Mbappe.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Levante Levante
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar