Live
9
O'zbek

Konte Italiya milliy jamoasi bilan muzokaralarni inkor etdi

Futbol
24 may, 15:27
Mutaxassis hozircha federatsiya bilan aloqa bo‘lmaganini aytdi.
Konte Italiya milliy jamoasi bilan muzokaralarni inkor etdi
Foto: Getty Images
24.05.2026 FT Italiya A seriyasi Napoli Napoli 1 : 0 Udinese Udinese

Antonio Konte Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Hozircha men bilan Italiya federatsiyasi o‘rtasida hech narsa yo‘q. Umuman hech narsa. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Hozir federatsiyaning prezidenti ham yo‘q. Ammo bir narsani aytaman: Italiya top darajadagi murabbiyni tayinlashga tayyormi?» — dedi Konte.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis Pep Gvardiola nomi ham matbuotda tilga olinayotganiga e’tibor qaratdi.

«Pep Gvardiola haqida ham o‘qidim. Balki men ham shunday qilishim kerakdir», — dedi u hazil tariqasida.

Avvalroq Antonio Konte «Napoli» bosh murabbiyligidan ketgani rasman tasdiqlangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Udinese Udinese
  • Italiya Italiya
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar