Harri Keyn oʻtgan haftada "Borussiya D"ga (3:2) qarshi oʻyinda boldir qismiga zarba olgani sababli "Bavariya"ning 6 mart kuni boʻlib oʻtadigan "Borussiya M" bilan oʻyinini oʻtkazib yuboradi.
Myunxenliklar hujumchisi seshanba kuni jamoa mashgʻulotlarida ishtirok etmadi.
"Jiddiy hech narsa yoʻq, muammo yoʻq", — dedi oʻsha kuni ingliz hujumchisi Bild nashriga bergan intervyusida.
Keyingi kundan u mashgʻulotlarni qayta boshladi, ammo hali toʻliq tiklanmagan.
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani seshanba kuni boʻlib oʻtadigan "Atalanta"ga qarshi YCHL 1/8 finalida futbolchining maydonga tushish ehtimolini aytdi.
"Uning "Atalanta" bilan oʻyinda ishtirok etishini kutyapmiz", — dedi Kompani.