Live
3
O'zbek

Keyn «Bavariya» tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri bo'ldi

Futbol
24 may, 05:00
Eng yaxshi ko'rsatkich hamon Gerd Myullergа tegishli.
Keyn «Bavariya» tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri bo'ldi
Foto: Getty Images
23.05.2026 FT Germaniya kubogi Bavariya Bavariya 3 : 0 Shtutgart Shtutgart

«Bavariya» futbolchisi Harri Keyn klub safidagi 146-golini urdi.

Germaniya kubogi finalida hujumchi «Shtutgart» darvozasini uch marta ishg'ol qildi. Shu tariqa, Keyn «Bavariya» tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri bo'lib, 7-o'ringa chiqdi. U Arjen Robben (144 gol) va Diter Henness (145 gol) natijalarini ortda qoldirdi. Eng yaxshi ko'rsatkich esa Gerd Myullergа tegishli bo‘lib, uning hisobida 570 ta gol mavjud.

Qayd etish lozim, Harri «Bavariya»da uchinchi mavsumini o'tkazmoqda va jamoa safida umumiy 147 ta o'yinda ishtirok etgan. Avvalroq Keyn Yevropada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Shtutgart Shtutgart
  • Germaniya kubogi Germaniya kubogi
Bugungi yangiliklar