«Bavariya» posboni Manuel Noyer 7-marta Germaniya kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2025/2026 yilgi mavsum musobaqa finalida myunxenliklar «Shtutgart»ga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa, bu sovrin germaniyalik darvozabon uchun ushbu musobaqadagi yettinchisi boʻldi. Tajribali posbon bu koʻrsatkich boʻyicha «Bavariya» sobiq yarimhimoyachisi Bastiyan Shvaynshteyger natijasini takrorladi.
Ma'lumot oʻrnida, Noyer 2011 yil yozidan beri «Bavariya» safida toʻp tepib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha moʻljallangan.