Live
3
O'zbek

«Bavariya» — 21 karra Germaniya kubogi g'olibi (videosharh)

Futbol
23 may, 15:56
Keyn het-trikka erishdi.
«Bavariya» — 21 karra Germaniya kubogi g'olibi (videosharh)
Фото: Getty Images
23.05.2026 FT Germaniya kubogi Bavariya Bavariya 3 : 0 Shtutgart Shtutgart

Germaniya Kubogining finalida «Bavariya» va «Shtutgart» jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Bellashuv 3:0 hisobida Myunxen klubining g'alabasi bilan yakuniga yetdi.

Dastlab Harri Keyn 55-daqiqada hisobni ochdi. 80-daqiqada angliyalik forvard dublni rasmiylashtirdi. 90+2-daqiqada u penaltini ham aniq amalga oshirib, het-trikka erishdi.

Shu tariqa, «Bavariya» o'z tarixida 21-bor Germaniya kubogi sohibiga aylandi. Myunxen klubi so'nggi bor 2020 yilda kubokni qo'lga kiritgandi.

Germaniya kubogi. Final
Bavariya – Shtutgart 3:0
Gol:
Keyn 55, 80, 90+2.
Bavariya: Urbig, Upamekano, Ta, Kimmix, Keyn, Musiala (Karl, 77), Dias, Olise (Gerreyru, 90+5), Laymer (Bishof, 90+5), Stanishich (Ito, 90+5), Pavlovich.
Shtutgart: Nyubel, Hendriks, Shtiller, Mittelshtedt, Demirovich (Tomas, 84), Fyurix, Xakes, Leveling, Xabot, Undav, Andres (Nartey, 84).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Shtutgart Shtutgart
  • Germaniya kubogi Germaniya kubogi
Bugungi yangiliklar