Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yoʻldoshev jarohat sababli mundialda qatnasha olmaydi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.
«Yoʻldoshev mashgʻulotlar paytida oyogʻining toʻpiq qismida noqulaylik his qilgan. Dastlabki tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalariga koʻra, himoyachimizning eski jarohati bezovta qilgan va uning tiklanishi uchun 1 oydan koʻproq vaqt talab etiladi.
Shu sababli, Yoʻldoshev Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi maʼlum boʻldi. Futbolchimiz sogʻayib, tezroq safga qaytishini tilab qolamiz», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Husniddin Aliqulovning jarohati sabab jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi maʼlum qilingan edi.