O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov Turkiya Superligasining 18-turida «Göztepe»ga qarshi bahsida jarohat olgandi.
Klub tibbiy komissiyasi raisi, professor Hasan Turut futbolchining sog‘lig‘i borasida rasmiy ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, Aliqulovning jarohati kutilganidan ham og‘ir bo‘lib chiqqan. Aniqlanishicha, himoyachining chap tizzasida bir nechta jiddiy shikastlanish holatlari kuzatilgan.
Shifokorlarning qaroriga ko‘ra, Aliqulov yaqin kunlarda jarrohlik stoliga yotadi. Uning yashil maydonlarga qaytishi uchun taxminan 6 oydan 9 oygacha vaqt talab etiladi.
Shunday qilib, Husniddin milliy jamoa bilan jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.