Bugun
22
O'zbek

«Hamma ham meni yaxshi ko'ravermaydi» — Raya Ispaniya milliy jamoasida zaxirada qolayotgani haqida

Futbol
21 iyun, 15:45
«Arsenal» posboni klubdagi muvaffaqiyatli mavsumlariga qaramay, milliy jamoada asosiy tarkibga kirolmayapti.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«Hamma ham meni yaxshi ko'ravermaydi» — Raya Ispaniya milliy jamoasida zaxirada qolayotgani haqida
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni David Raya 2026 yilgi Jahon chempionatida Kabo-Verdega (0:0) qarshi ilk bahsni zaxira o'rindig'ida boshlagani haqida fikr bildirdi. Uning o'rniga asosiy tarkibda darvozani Unai Simon qo'riqladi.

«Bilaman, xatolar bo'ladi. Hamma ham meni yaxshi ko'ravermaydi. Lekin bu haqdagi bahslarni boshqalarga qoldiraman. Men har doim murabbiyning qarorini hurmat qilaman.

Raqobat — yaxshi narsa. Qanday rol berilmasin, jamoaga yordam berishda davom etaman»
, — deya Raya so'zlarini keltiradi The Guardian.

«Arsenal» posboni yakunlangan mavsumda APLda ketma-ket uchinchi marta «Oltin qo'lqop» sohibi bo'ldi hamda liga chempionligini qo'lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar