Live
3
O'zbek

Flik: "Natijani qabul qilib, kelasi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak"

Futbol
14 may, 02:15
"Barsa" bosh murabbiyi "Alaves"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Flik: "Natijani qabul qilib, kelasi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak"
Foto: Getty Images
13.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Deportivo Alaves Deportivo Alaves 1 : 0 Barselona Barselona

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liganing 36-tur doirasidagi "Alaves"ga qarshi o'yin (0:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Natijadan xafaman. Bugun g'alaba qozonishni istagandik, ammo ijobiy jihatlarni ham ko'rdim. Jamoa o'yinidan mamnunman.

Alvaro Kortes debyut qildi va juda yaxshi o'ynadi. Espart va Markes ham ijobiy taassurot qoldirdi, Bernal esa jarohatdan keyin o'zini munosib ko'rsata oldi.

Birinchi bo'limda imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo yakunda burchak to'pdan gol o'tkazib yubordik. Bunday vaziyatlarda bizga konsentratsiya yetishmadi. Natijani qabul qilib, kelasi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

Ruhiy holat va kayfiyat yaxshi edi, ammo bu oson o'yin bo'lmadi. "Alaves" juda agressiv o'ynadi, buni hammamiz ko'rdik. Biz bo'lgan voqelikni qabul qilishimiz kerak", — dedi Flik.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar