Ispaniya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan "Alaves" va "Barselona" o‘yini yakuniga yetdi.
Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol Diabate tomonidan 45+1-daqiqada urildi.
Chempionlikni allaqachon tantana qilib bo‘lgan "Barselona" 91 ochko bilan 1-o‘rinda. "Alaves" esa 40 ochko bilan 15-pog‘onada.
La Liga. 36-tur
Alaves – Barselona 1:0
Gol: Diabate 45+1
Alaves – Sivera, Koski, Tenalya, Parada, Peres, Rebbah, Guridi, Blanko, Suares (Ibanes, 64), Martines, Diabate (Manas, 64).
Barselona – Shesni, Kubarsi (Espart, 62), Balde (Kanselu, 79), Kasado (Pedri, 62), Runi (Ferran, 62), Olmo, Bernal (Markes, 87), Kunde, Kortes, Levandovski, Reshford.