Bugun
15
O'zbek

“Barsa”ning La Ligadagi 55 oʻyinlik golli seriyasiga chek qoʻyildi

Futbol
14 may, 01:00
Kataloniyaliklar bir yarim yildan soʻng ilk bor chempionat bahsida gol ura olmadi.
“Barsa”ning La Ligadagi 55 oʻyinlik golli seriyasiga chek qoʻyildi
Foto: Getty Images
13.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Deportivo Alaves Deportivo Alaves 1 : 0 Barselona Barselona

“Barselona”ning La Ligadagi golli seriyasi 55 oʻyindan soʻng nihoyasiga yetdi. Kataloniyaliklar bir yarim yildan soʻng ilk bor chempionat bahsida gol ura olmadi.

Hans-Diter Flik shogirdlari 36-turda “Alaves”ga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi va oʻyin davomida birorta ham darvoza tomon aniq zarba yoʻllay olmadi. Oxirgi bor “Barselona” 2024-yil 15-dekabrda “Leganes”ga qarshi bahsda gol ura olmagandi.

Shundan beri jamoa 55 oʻyinlik golli seriya qayd etgan, bu La Liga tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Rekord esa 64 oʻyin boʻlib, u ham “Barselona”ga tegishli hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar