«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Valensiya»ga qarshi o‘yin (1:3)dan so‘ng Joze Mourinioning «Real» bosh murabbiyi etib tayinlanish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
«Nega endi yo‘q? U raqib jamoa murabbiyi va men shogirdlarim bilan birga har qanday murabbiyga qarshi o‘ynashga tayyormiz», — dedi Flik.
Ma'lumot o‘rnida, mavsum yakunlariga ko‘ra «Barselona» La Ligada 1-o‘rinni egalladi. «Real» esa 2-o‘rin bilan cheklandi. Avvalroq «Real» rahbariyati Mourinio bilan 2 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi.