«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva hamda «Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich transferini amalga oshirmaslikka qaror qildi.
Cadena Ser xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar ushbu ikki futbolchi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmaydi va boshqa transfer maqsadlariga e’tibor qaratadi.
Manbada aytilishicha, klub rahbariyati yozgi transfer oynasida tarkibni boshqa pozitsiyalar orqali kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, «Barselona» ushbu mavsum La Ligada muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.
Hans-Diter Flik shogirdlari chempionatning so‘nggi turida safarda «Valensiya»ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 23 may kuni «Mestalya» stadionida o‘tkaziladi.