Live
2
O'zbek

Joze Mourinio — "Real" bosh murabbiyi (Romano)

Futbol
18 may, 04:40
Bitim 2028 yilgacha amal qiladi.
Joze Mourinio — "Real" bosh murabbiyi (Romano)
Foto: Fabrizio Romano (X)

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinio "Real" bosh murabbiyiga aylanadi. Taniqli insayder Fabrizio Romano murabbiyning Madrid klubiga qaytish masalasi hal bo'lganini ma'lum qildi.

Tomonlar shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda. Bitim 2028 yilgacha amal qiladi. Joze madridliklarning "Atletik"ka qarshi o'yinidan so'ng jamoani qabul qilib olish uchun Ispaniyaga uchib ketadi.

Eslatib o'tamiz, Mourinio Madrid klubini 2010-2013 yillarda boshqargan va jamoa bilan La Liga, Ispaniya kubogi hamda Superkubokda g'olib chiqqandi.

Avvalroq Joze "Real"ga Raulni qaytarmoqchi ekani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar