Qator manbalarning xabarlariga ko‘ra, Joze Mourinio «Real» bosh murabbiyligiga qaytishga yaqin turibdi.
Diario SPORT ma’lumot berishicha, portugaliyalik mutaxassis o‘z shtabiga ispaniyalik sobiq futbolchini taklif qilmoqchi. Gap «qaymoqranglilar» afsonalaridan biri Raul Gonsales haqida ketmoqda. Biroq uning «Real»ga qaytishi qiyin bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Raul 1994 — 2010-yillar davomida «Real» sharafini himoya qilgan. Madrid klubi bilan forvard 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, 3 ta Chempionlar Ligasi chempionligi. Umumiy hisobda hujumchi jamoa safida 741 ta o‘yinda maydonga tushib, 323 ta gol urgan va 137 ta golli uzatma yetkazib bergan.
Shuningdek, 2019 — 2025-yillarda Raul «Kastilya» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.