"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1ning 33-tur doirasidagi "Brest"ga qarshi oʻyin (1:0)dan soʻng jamoasining chempionlik imkoniyatlarini baholadi.
"Bizga aynan shu ochkolar kerak edi. Oʻylashimcha, biz chempionlik masalasini hal qildik.
"Lans"ning butun mavsum davomida qanday oʻynaganini e'tirof etishimiz kerak. Ular juda kuchli qarshilik koʻrsatdi, bizga rostan qiyin boʻldi.
Soʻnggi ikki mavsumda osonroq edi. Endi esa "PSJ" libosini kiygan har bir futbolchi tayyor boʻlishi kerak.
Shuning uchun "Lans"ga qarshi oʻyinga ham xuddi shunday yondashamiz, ammo oʻyinchilarning yuklamasini ham nazorat qilishimiz shart. Asosiy maqsad — Chempionlar Ligasi finali.
Biz hali ham Myunxendan keyingi holatdan toʻliq chiqib ketmadik. Fikrlarimiz hali ham oʻsha yerda, shuning uchun bu oʻyinga tayyorgarlik koʻrish qiyin boʻldi.
Kiyinish xonasida bayram qilmadik, chunki oldimizda yana bir oʻyin bor. Mavsumdagi eng muhim bellashuvlardan biri bizni kutmoqda", — dedi Enrike L’Équipe nashriga bergan intervyusida.
Qayd etish lozim, chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganida parijliklar 2-oʻrindagi "Lans"dan 6 ochkoga oldinda bormoqda. Qolgan oʻyinlarda kamida 1 ochko toʻplash "PSJ"ga chempionlikni kafolatlaydi.