Live
1
O'zbek

«El Klasiko»ning sanasi hamda vaqti ma'lum bo‘ldi

Futbol
23 mart, 09:10
Jamoalar La Liga 35-turida «Kamp Nou»da to‘qnash keladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«El Klasiko»ning sanasi hamda vaqti ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi navbatdagi bahsning vaqti e'lon qilindi.

La Liga 35-turi doirasida o‘tadigan bellashuv 10 may kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 11 mayga o‘tganda — 00:00da start oladi.

Bu mavsumda jamoalar o‘zaro bittadan klasikoda g‘alaba qozonishdi. «Real» 26 oktyabr kuni La Liga 2:1 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, Kataloniya klubi 11 yanvar kungi Ispaniya superkubogi finalida azaliy raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Jamoalarda Yevropa Chempionlar Ligasi finalida uchrashish imkoniyati ham bor.

La Liga turnir jadvalida «Barsa» 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi madridliklarda 69 ochko bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar