Live
1
O'zbek

Dante futbolchilik faoliyatini yakunladi

Futbol
30 may, 09:10
Himoyachi «Bavariya» bilan 9 ta, Braziliya milliy jamoasi bilan bitta sovrinni qo'lga kiritgan.
Dante futbolchilik faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

«Nitstsya» himoyachisi Dante futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Futbolchi jamoasiga Liga 1 da qolishga yordam berdi. «Sent-Etyen»ga qarshi hayrlashuv o'yin (4:1)ida Dante 78 daqiqa harakat qilib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.

Ma'lumot o'rnida, braziliyalik futbolchi faoliyati davomida 616 ta o'yin o'tkazib, 23 ta gol urgan va 16 ta assist amalga oshirgan. U «Nitstsya», «Volfsburg», «Bavariya», «Borussiya» M, «Standard», «Sharlerua», «Lill» va «Juventude» jamoalarida to'p tepgan.

Shuningdek, Dante «Bavariya» bilan 9 ta, «Standard» bilan 2 ta va Braziliya milliy jamoasi bilan bitta sovrinni qo'lga kiritgan. Avvalroq Kasper Shmeyxel faoliyatini yakunlagani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nice Nice
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar