Angliya Premyer-ligasi doirasida «Chelsi» safarda «Brayton»ga qarshi bahs olib borib, 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Liam Rosenior shogirdlari yana sust o‘yin ko‘rsatdi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda jiddiy zarba qabul qildi.
Mezbonlar uchrashuvni juda tez boshladi — 3-daqiqada Ferdi Qadiog‘lu hisobni ochdi. «Chelsi» birinchi bo‘lim davomida deyarli hech narsa ko‘rsata olmadi. Ikkinchi bo‘limda Giorginyo Rutter uzatmasidan so‘ng Hinshelvud hisobni oshirdi, o‘yin oxirida esa Denni Uelbek yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ushbu natijadan so‘ng «Chelsi» 6-o‘ringa tushib ketdi, «Brayton» esa ularni ortda qoldirdi.
Futbolchilarga qo’yilgan ballar (GOAL talqini):
Darvozabon:
Sanches — 4
Himoyachilar:
Chaloba — 5
Fofana — 3
Xato — 5
Yarimhimoya:
Gusto — 4
Kaysedo — 3
Laviya — 4
Enso Fernandes — 3
Kukurelya — 4
Hujumchilar:
Neto — 4
Delap — 3
Qayd etish kerak, jamoa sardori sifatida maydonga tushgan Enso Fernandes eng ko‘p tanqidga uchradi — u o‘yinda deyarli ko‘rinmadi va jamoaga yetakchilik qila olmadi.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» so‘nggi 5 ta APL bahsida gol ura olmayapti — bu klub tarixida 1912 yildan beri kuzatilmagan yomon seriyadir.