Germaniya chempionatining 25-turini peshqadam "Bavariya" o'z maydonida Myonxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi o'yin bilan boshlab beradi.
Toshkent vaqti bilan soat 00:30da start oladigan bellashuv uchun tarkiblar e'lon qilindi. Mezbonlar to'purari Harri Keyn jarohat sabab bahsni o'tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, Myunxen klubi 63 ochko bilan yetakchilik qilmoqda va eng yaqin ta'qibchisini 11 ochkoga ortda qoldirmoqda. "Borussiya M" esa 25 ochko bilan 12-pog'onaga joylashgan.
Bundesliga. 25-tur
Bavariya — Borussiya M
6 mart, "Alyants Arena"
Bavariya — Noyer, Laymer, Upamekano, Kim, Bishof, Kimmix, Goretzka, Karl, Musiala, Dias, Jekson.
Borussiya M — Nikolas, Sander, Elvedi, Diks, Skalli, Rayts, Shtoger, Kastrop, Onora, Bolin, Tabakovich.