Germaniya chempionatining 25-turini peshqadam "Bavariya" o'z maydonida Myonxengladbaxning "Borussiya"siga 4 ta gol urdi.
Mezbonlar to'purari Harri Keyn jarohat sabab bahsni o'tkazib yubordi. Asosiy tarkibning yana bir a'zosi Maykl Olise esa YCHL o'yini oldidan zaxirada qoldirildi.
Kompani jamoasi ochkolarini 66 taga yetkazib, eng yaqin ta'qibchisini 14 ochkoga ortda qoldirmoqda. "Borussiya M" esa 25 ochko bilan 12-pog'onada qoldi.
Bundesliga. 25-tur
Bavariya — Borussiya M 4:1
6 mart, "Alyans Arena"
Gollar: Dias (33), Laymer (45+1), Musiala (57, penalti), Jekson (79) — Mohya (89).
Bavariya — Noyer (Urbig, 46), Laymer (Kardozo, 61), Upamekano (Stanishich, 61), Kim, Bishof, Kimmix (Dayber, 81), Goretska, Karl, Musiala, Dias (Gerreyru, 61), Jekson.
Borussiya M — Nikolas, Sander, Elvedi, Diks, Skalli, Rayts, Shtoger, Kastrop (Ulrix, 67), Onora (Matino, 61), Bolin (Mohya, 84), Tabakovich (Sharodia, 61).
Ogohlantirish: Jekson (66).
Chetlatish: Rayts (55).