Live
3
O'zbek

"Atletiko" 5 ta o'yindan so'ng ilk bor g'alaba qozondi, keyingi raqib — "Arsenal"

Futbol
26 aprel, 01:30
Oxirgi 4 ta bahsda jamoa 3 mag'lubiyat va 1 durang natija qayd etgandi.
"Atletiko" 5 ta o'yindan so'ng ilk bor g'alaba qozondi, keyingi raqib — "Arsenal"
Foto: Getty Images
25.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 3 : 2 Athletik Athletik

"Atletiko" g'alabasiz seriyasiga barham berdi.

Diego Simeone shogirdlari La Liganing 32-turida "Atletik"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Shu orqali madridliklar so'nggi 5 ta o'yinda ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Oxirgi 4 ta bahsda jamoa 3 mag'lubiyat va 1 durang natija qayd etgandi.

Ayni vaqtda "matraschilar" ochkolari sonini 60 taga yetkazib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. 29 aprel kuni "Atletiko" o'z maydonida Chempionlar Ligasi yarimfinal bosqichi doirasidagi ilk bellashuvda "Arsenal"ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Athletik Athletik
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar