Bugun
6
O'zbek

APL. "Siti" "Byornli"ni mag'lub etib peshqadamga aylandi, "Bornmut"da alamli durang (videosharh)

Futbol
22 aprel, 17:04
Ligada oktabrdan so'ng yetakchi o'zgardi. Chempionshipga tushib ketgan ikkinchi jamoa ma'lum bo'ldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
APL. "Siti" "Byornli"ni mag'lub etib peshqadamga aylandi, "Bornmut"da alamli durang (videosharh)
Foto: Manchester City
22.04.2026 FT Angliya Premer-ligasi Bernli Bernli 0 : 1 Manchester Siti Manchester Siti

Angliya chempionatining 34-turida "Manchester Siti" autsayderlardan biri "Byornli" bilan bahs yuritib, Holandning goli evaziga g'alaba qozondi. Mehmonlar safida O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to'liq harakat qildi.

"Siti" ochkolarini 70 taga yetkazib, to'plar nisbatiga ko'ra "Arsenal"ni (70) ortda qoldirgan holda peshqadam bo'lib oldi. 20 ochkosi bor "Byornli" esa "Vulverhempton"dan so'ng Chempionshipga tushib ketishi aniq bo'lgan ikkinchi jamoaga aylandi

Turning yana bir o'yinida "Bornmut" (49, 7-o'rin) "Lids"dan 90+7-daqiqada (40, 15-o'rin) to'p o'tkazib, g'alabani boy berdi.

APL. 34-tur. 22 aprel
Byornli — Manchester Siti 0:1
Gol: Holand (5).
Byornli — Dubravka, Uoker, Hamfris (Florentinu, 82), Ekdal, Esteve, Hartman, Chauna (Foster, 72), Uord-Prouz, Lorent (Edvards, 87), Entoni (Ndayishimiye, 87), Flemming (Broya, 82).
Manchester Siti — Donnarumma, Nunesh, Husanov, Gehi, Ait-Nuri (Niko, 65), Silva, O'Rayli, Semenyo (Savinio, 65), Sherki, Doku, Holand.

Bornmut — Lids 2:2
Gollar: Krupi (60), Rayan (86) — Hill (68, avtogol), Longstaff (90+7).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bernli Bernli
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar