Angliya chempionatining 13-turida "Manchester Yunayted" Londonda "Kristal Peles" ustidan iroda bilan g'alabani qo'lga kiritdi. Matemanning goliga Zirkze va Maunt javob berdi. Mankunianliklarning gollariga Fernandesh assistentlik qildi.
Manchester klubi safida argentinalik himoyachi Lisandro Martines uzoq muddatli tanaffusdan so'ng maydonga tushdi.
"MYu" ochkolarini 21 taga yetkazib, 6-o'ringa ko'tarildi. 20 ochkosi bor London klubi esa 7-pog'onaga tushdi.
APL. 13-tur
Kristal Peles — Manchester Yunayted 1:2
30 noyabr, "Selherst Park"
Gollar: Mateta (36, penalti) — Zirkze (54), Maunt (63).
Kristal Peles — Henderson, Richards, Lakrua, Gehi, Munyos, Uorton (Hyuz, 78), Kamada (Lerma, 85), Mitchell (Devenni, 85), Sarr (Nketia, 38), Pino (Uche, 78), Mateta.
MYu — Lammens, Yoro (Mazraui, 55), de Ligt, Shou (Martines, 83), Diallo (Dorgu, 90+1), Kazemiro, Fernandesh, Dalot, Mbeumo (Maynu, 90+1), Maunt, Zirkze.
Ogohlantirishlar: Mbeumo (17), Nketia (53), Shou (72), Gehi (75), Lerma (90+3).