Bugun, 22-noyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 11-turi doirasida «Liverpul» va «Manchester Yunayted» o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv Liverpul shahridagi «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bahsning bosh hakami etib Samuel Barrott tayinlangan. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da yangraydi. O‘zbekiston hududida o‘yinni Setanta Sports telekanali namoyish etadi.
«Liverpul» Angliya chempionatining 10 turidan keyin 18 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. «MYU» esa 8 ochko bilan 18-pog‘onada bormoqda.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» keyingi turda 29-noyabr kuni «Everton» bilan, «MYU» esa 28-noyabr kuni «Brentford» bilan bahs olib boradi.