Angliya Premer-ligasi 35-turida "Arsenal" derbida "Fulhem"ni qabul qildi. Bellashuv 3:0 hisobida "to'pchilar"ning g'alabasi bilan yakuniga yetdi.
Viktor Gokyeresh bahsda dublga erishdi. Shuningdek, Bukayo Saka ham o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi.
Shu tariqa, Arteta jamoasi turnir jadvalida 76 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Fulhem" esa 48 ochko to'plab, 10-pog'onada.
APL. 35-tur
Arsenal – Fulhem 3:0
Gollar: Gokyeresh 9, 45+4, Saka 40.
Arsenal – Raya, Uayt (Moskera, 83), Saliba, Gabriel, Kalafiori, Rays (Subimendi, 64), Lyuis-Skelli, Eze (Douman, 75), Saka (Madueke, 46), Trossar, Gokyeresh (Jezus, 64).
Fulhem – Leno, Kastan, Andersen, Bassey, Rid (Kerney, 64), Robinson, Lukich, Uilson (Bobb, 64), Smit-Rou, Chukwueze (King, 64), Raul Ximenes.