Ikkinchi bo‘lim startida Xulian Alvares penaltidan unumli foydalandi va hisob 1:1 ko‘rinishiga keldi.
Forvard uchun bu musobaqadagi 25-golga aylandi. Opta nashrining xabariga ko‘ra, Janubiy Amerika vakillari ichida Xulian bu natijaga barchadan tezroq erishishni uddaladi. Madridliklar hujumchisi 25-golini 41-bahsda rasmiylashtirdi.
Xulian Alvares hattoki Lionel Messini ortda qoldirdi – u YECHLdagi o‘zining 25-golini 42-o‘yinda urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Madridda «Atletiko» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs davom etmoqda. Hozircha hisob 1:1.