Italiya chempionatining 14-turini Turindagi bahs yakunlab beradi va unda mezbon "Torino" "Milan"ni qabul qiladi.
00:45da boshlanadigan o'yin uchun tarkiblar e'lon qilindi. Bellashuv FutbolTV telekanali orqali namoyish etiladi.
Allegri jamoasi 28 ochko bilan 3-o'rinda va g'alaba qozonsa, peshqadamga aylanadi. "Torino" esa 14 ochko bilan 13-pog'onada.
A Seriya. 14-tur
Torino — Milan
8 dekabr, "Olimpiko"
Torino — Isroil, Tamez, Maripan, Koko, Pedersen, Anjorin, Aslani, Vlashich, Lazaro, Adams, Zapata.
Milan — Menyan, Tomori, Gabbia, Pavlovich, Salemakers, Bartesagi, Loftus-Chik, Rabio, Modrich, Nkunku, Leau.