Italiya chempionatining 14-turida "Roma" Sardiniyada "Kalyari" bilan bahs yuritib, 52-daqiqada kamchilikda qoldi va 82-daqiqada to'p o'tkazib yubordi.
Qatorasiga ikkinchi mag'lubiyatni qabul qilib olgan Rim klubi 27 ochko bilan 4-pog'onada qoldi. "Kalyari" ochkolarini 14 taga yetkazib, 14-o'ringa ko'tarildi.
A Seriya. 14-tur
Kalyari — Roma 1:0
7 dekabr, "Unipol Domus"
Gol: Gaetano (82).
Kalyari — Kaprile, Zappa (Prati, 69), Rodriges, Luperto, Palestra (Di Pardo, 90+2), Adopo, Deyola, Folorunsho (Qilichsoy, 90+2), Obert (Idrissi, 77), Borrelli (Gaetano, 69), Esposito.
Roma — Svilar, Manchini, Ndika, Hermoso, Chelik, Kristante (Al Aynaui, 63), Kone, Tsimikos (Jilardi, 73), Soule (Fergyuson, 62), Pellegrini (Dibala, 63), Baldanzi (Rench, 53).
Ogohlantirishlar: Hermoso (78), Folorunsho (78), Gaetano (83).
Chetlatish: Chelik (52).