Italiya A Seriyasi 33-turi doirasida «Udineze» o‘z maydonida «Parma»ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Birinchi bo‘limda jamoalar gol ura olmadi. Tanaffusdan keyin esa bahs taqdiri hal bo‘ldi — Nesta Elfej Gabriel Strefetsa uzatmasidan so‘ng yagona golga mualliflik qildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Parma» ochkolarini 39 taga yetkazib, turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Udineze» esa 43 ochko bilan 11-pog‘onada qoldi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada «Udineze» safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
A Seriya. 33-tur
Udineze – Parma 0:1
Gol: Elfej 46 (Strefetsa)
Udineze: Okoye, Kristensen (Mlachić, 81), Kabaselle, Sole, Ehizibue (Sarraga, 73), Pyotrovski (Geye, 64), Karlstrem, Kamara (Arisala, 64), Ekkelenkamp (Buksa, 73), Atta, Dzanyolo.
Parma: Suzuki, Chirkati, Troilo, Ndiaye (Brichgi, 75), Del Prato, Bernabe (Ondreyka, 66), Keita, Nikolyussi Kavilia (Esteves, 72), Valeri, Pellegrino (Elfej, 46), Strefetsa (Ordonez, 66).