Italiya chempionatida 10-tur yakuniga yetdi.
"Latsio" (15) Rimda "Kalyari"ni (9, 14-o'rin) mag'lubiyatga uchratib, 8-o'ringa ko'tarilib oldi.
"Jenoa" (6, 18-o'rin) bosh murabbiy Patrik Vieyra iste'foga chiqarilishi bilan mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi — Genuya klubi safarda "Sassuolo"dan (13, 12-o'rin) ustun keldi.
A Seriya. 10-tur. 3 noyabr
Latsio — Kalyari 2:0
Gollar: Isaksen (66), Zakkani (90+1).
Sassuolo — Jenoa 1:2
Gollar: Berardi (47) — Malinovskiy (18), Ostigard (90+3).