Italiya chempionatining 18-turidan o'rin olgan bir qancha o'yinlar bo'lib o'tdi.
Fabregas boshqaruvidagi "Komo" (30) o'z maydonida "Udineze" (22, 11-o'rin) ustidan minimal hisobda g'alaba qozonib, 6-o'rinni mustahkamlab oldi.
Shuningdek, "Sassuolo" (23, 9-o'rin) o'z uyida "Parma"ga (18, 14-o'rin) qarshi, "Jenoa"(15, 17-o'rin) esa "Piza" (12, 19-o'rin) bilan durang qayd etdi.
A Seriya. 18-tur. 3 yanvar
Komo — Udineze 1:0
Gol: Da Kunya (18, penalti).
Sassuolo — Parma 1:1
Gollar: Torstvedt (12) — Pellegrino (24).
Jenoa — Piza 1:1
Gollar: Kolombo (15) — Leris (38).